Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Orom, uyqudagi yengillik va yoqimli uyg‘onish — Luxmatras matraslari haqida

Orom, uyqudagi yengillik va yoqimli uyg‘onish — Luxmatras matraslari haqida

Foto: «Luxmatras»

Sizni ko‘pincha bel og‘rig‘i bezovta qiladimi, tezda charchab qolyapsizmi — unda ehtimol, noqulay to‘shak tufayli siz yaxshi orom olmayotgandirsiz? To‘shak qulay bo‘lishi lozim — buni har birimiz bilamiz, ammo ko‘pincha bu jihatni nazardan qochirib e’tiborsizlik qilamiz. Shuni unutmangki, tungi uyqu sutkaning uchdan biridan ko‘prog‘ini oladi va bu kam emas. Bu vaqt davomida har bir a’zomiz qon bilan to‘liq ta’minlanishi, kislorod bilan to‘yishi, jismoniy va aqliy  uchun zo‘riqishdan xalos bo‘lishi uchun tanamiz ham to‘liq bo‘shashib, dam olishi shart.

Uzoq vaqt uxlash chog‘ida tananing gorizontal holatda bo‘lishi tonggacha to‘kis va betinim orom olish, umurtqa salomatligi, kun bo‘yi tetiklik omillaridan biridir. Mana nima uchun ham tom ma’noda sizning yaxshi uxlashingizni ta’minlovchi, ko‘p yillar sizga qulaylik bag‘ishlovchi, salomatligingizga xizmat qiluvchi qulay matrasni tanlash muhim!

Taniqli mahalliy ishlab chiqaruvchi — kattalar va bolalar uchun anatomik va ortopedik matraslar tayyorlovchi Luxmatras kompaniyasi mahsulotlarini e’tiboringizga havola etamiz. Luxmatras jamoasining faoliyati  buyurtma bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan. Har bir mijozga individual yondashuv va a’lo sifatli mahsulotlar sababli Luxmatras brendi ostidagi Toshkent matraslari keng tarqab, iste’molchilar o‘rtasida tobora ommalashib boryapti.

Shu o‘rinda individual buyurtma bo‘yicha matras xarid qilishning afzalliklariga biroz to‘xtalib o‘tsak. Bu shunchaki istalgan o‘lchamlar va dizayn degani emas. Matrasga individual buyurtma berish konstruksiya va «masalliq»: prujinalar va ularning turlari (bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan), qatlamlar soni, to‘ldiruvchi material turi, balandlik, qattiqlik darajasi kabi yanada muhim detallarni  ko‘zda tutadi.

Umurtqasida muammolarga duch kelgan ko‘plab insonlar malakali shifokor maslahatiga va albatta, yotish qulay to‘shakka ehtiyoj sezadilar. Ortopedlar esa bir ovozdan sifatli matras tanaga maxsus ta’sir ko‘rsatishi, ayrim holatlarda esa davolovchi ta’sirga ega bo‘lishi kerakligiga ishora qilishmoqda. Zamonaviy va sifatli Toshkent ortopedik matraslari bu vazifani samarali uddalamoqda. Luxmatras mahsulotlari assortimenti keng turdagi ortopedik matraslardan iborat, bu esa eng maqbul variantni tanlash imkonini beradi.

Umurtqasida muammosi bo‘lmagan insonlar ko‘pincha to‘shakning qulay va chidamliligiga e’tibor qaratishadi. Ammo ortopedik matraslar sog‘lom odamlar uchun ham juda foydalidir. Ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar hamda bolalar va o‘smirlar uchun qattiqlik darajasi yuqoriroq ortopedik matraslar tavsiya etiladi.

Matras turidan qat’i nazar, mahsulot sizning qulayligingiz va yaxshi dam olishingiz uchun xizmat qilishini anglatuvchi umumiy belgilar bor.

Uzoq vaqt yotganingizdan so‘ng quyidagilarni his etsangiz, demak, siz xarid qilgan matras ajoyib sifatga ega:

  • yoqimli dam olish;
  • xotirjamlik;
  • komfort (bel va yonlarda);
  • hech qayeringiz uvishib qolmagan va og‘rimayotgan bo‘lsa;
  • matras qoplamasi noqulaylik tug‘dirmasa, aksincha, yoqimli onlarni baxsh etsa.

Mahsulotning xizmat muddati, hatto uyqu sifati to‘shak va krovat o‘lchamlarining ideal darajada muvofiqligiga bog‘liqligini, hatto santimetrlar ham bu yerda rol o‘ynashini  ko‘plar ham bilavermasa kerak. Luxmatras kompaniyasi mutaxassislari buyurtma olinganidan so‘ng, kerakli o‘lchamlarni olish, hatto mayda-chuyda detallargacha kelishib olish uchun bir soat ichida uyingizga borishadi. Buyurtmachi o‘z matrasini shartnomada belgilangan muddatda qo‘lga kiritishiga bemalol ishonch hosil qilishi mumkin.

Luxmatras kompaniyasi matraslarini sotib olib, mahsulot sifat va xavfsizlik bo‘yicha barcha standartlarga muvofiq kelishiga iqror bo‘lasiz.

Yuqori texnologik ishlab chiqarish sharofati bilan Luxmatras mutaxassislari mahsulotning qisqa vaqtda tayyorlanishi va uzoq muddat xizmat qilishini, eng muhimi — cho‘ntakbop narxlarda taqdim etilishini kafolatlashadi!

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin:

+998 90 3550203, +998 99 8036622.

Sayt: https://luxmatras.uz

Telegram: t.me/luxmatras

Instagram: @luxmatras.uz

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring