Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘rikzor» bozori sobiq direktorining bir yarim milliard so‘mlik avtomobillari savdoga qo‘yildi

«O‘rikzor» bozori sobiq direktorining bir yarim milliard so‘mlik avtomobillari savdoga qo‘yildi

Foto:«O‘zA»

«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda.

Auksion joriy yilning 19-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayogan TRIUMPH rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.

Foto:«O‘zA»

Avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ularning haqiqiy egasi sobiq «O‘rikzor» dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.

Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yekti ham savdoga qo‘yilgandi.

«E-IJRO AUKSION» elektron auksion savdo maydonchasiga, shuningdek Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli ekanligi aytilgan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk ob’yekti qo‘yilgani ham ma’lum bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring