Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oramizdagi qahramon. Sirdaryolik kursant cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Oramizdagi qahramon. Sirdaryolik kursant cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Hayot turfa sinovlarga boy, kutilmaganda ro‘y beradigan voqeliklar sabab atrofimizdagi qahramonlarni kashf qilib boraveramiz, deya yozadi «Sirdaryo xabarlari» kanali Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida tug‘ilgan, xozirda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti Sarvarjon Ergashev cho‘kayotgan qizni qutqarib qolgan.

S.Ergashev joriy yil 13 oktyabr kuni institut darvozasi oldida navbatchilik o‘tayotganda yosh qiz «Bo‘zsuv» kanaliga to‘satdan tushganligini ko‘rib qoladi va ikkilanib o‘tirmay chin insoniylik fazilatlarini namoyon qilib, suvga cho‘kayotgan qizni qutqaradi. Kursant S.Ergashevning ko‘rsatgan xushyorligi natijasida bir fojianing oldi olinib, qizning hayoti saqlab qolindi, uning ota-onasi, yaqinlari ro‘y berishi mumkin bo‘lgan musibatdan xalos bo‘ldilar.

Xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardligi, jasorati va fidoiyligi uchun S.Ergashev Ichki ishlar organlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bojxona instituti va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan taqdirlandi. Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan S.Ergashevning yashash xonadoniga borilib, uning ota-onasi Farxod aka va Shaxlo opalarga boshqarmaning «Tashakkurnomasi» tantanali ravishda topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring