Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqdaryo hokimi ishdan ketdi

Oqdaryo hokimi ishdan ketdi

Najmiddin Sulaymonov

Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Qudratov Sherzod Asadovich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

 Qudratov Sherzod.

Mazkur tayinlovga qadar Qudratov Sherzod Asadovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring