Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq shahriga kirish va chiqish to‘liq to‘xtatiladi

Olmaliq shahriga kirish va chiqish to‘liq to‘xtatiladi

Foto:«Xabar.uz»

Ertadan Olmaliq shahriga kirish va chiqish postlari butkul yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

«Ertadan, 9-aprel kunidan boshlab, Olmaliq shahriga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish va chiqish postlari butkul yopiladi.

Olmaliq shahrida ishlab, qo‘shni tumanlarda yashaydigan fuqarolardan bugun shahar ichida joylashgan yaqinlarining uyiga yoki ijaraga kvartira topib joylashishlarini tavsiya etamiz.

Ertadan boshlab shaharga hech kim kiritilmasligi va chiqarilmasligi haqida ogohlantiramiz!», deyiladi xabarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring