Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar soch to‘kilishining yangi sababini aniqladilar

Olimlar soch to‘kilishining yangi sababini aniqladilar

Chjeszyan Xitoy tibbiyot universiteti olimlari alopetsiya (kallik) va ichak mikroblari tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ushbu mikroorganizmlarning ayrim turlari kasallik xavfini oshiradi, boshqalari esa aksincha, himoya qila oladi.

Alopetsiya autoimmun kasallik sifatida tasniflanadi. Ushbu tashxis bilan bemorning boshi va tanasida soch to‘kila boshlaydi, yumaloq sohalar  paydo bo‘ladi.

Alopetsiyaning sabablari hali o‘rganilmagan. Psixologik stress yoki birga keladigan kasalliklar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin, deb ishoniladi. Ammo ko‘p hollarda aniq sababni aniqlash imkoni yo‘q. 

Yangi tadqiqot mualliflari alopetsiya isata va ichak mikrobiotasi bo‘yicha katta ma’lumotlar to‘plamini tahlil qildilar. Natijalarga ko‘ra, Ruminococcaceae UCG-003  mikroorganizmining mavjudligi alopetsiya rivojlanishi uchun xavf omili ekanligini ko‘rsatdi. Butyricimonas, Enterorhabdus, Eubacterium va Phascolarctobacterium  mikroorganizmlari ushbu kasallikning xavfini kamaytiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, mikroorganizmlar organizmning yallig‘lanish reaksiyasiga ta’sir qiluvchi qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini ishlab chiqaradi. Ammo ichak mikrobiotasida sodir bo‘ladigan jarayonlar juda murakkab va qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring