Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar: 90 ming yil avval yashagan inson izlari topildi

Olimlar: 90 ming yil avval yashagan inson izlari topildi

Fransuz olimlari tomonidan taxminan 90 ming yil avval yashagan odam izlari topildi. Qoldiqlar Marokashdagi plyajlardan birida aniqlandi. Ushbu qoldiqlar Shimoliy Afrika va Janubiy O‘rta yer dengizi hududlarida topilgan eng qadimiy izlardan biridir.

Topilgan izlar qumli plyajga tom ma’noda bosilgan 85 ta yaxshi saqlanib qolgan yalangoyoq izlardan iborat. Tadqiqotning yetakchi muallifi, Janubiy Brittani universitetidan Mounsef Sedratining aytishicha, birinchi iz 2022 yilda aniqlangan. To‘g‘ri, o‘sha paytda olimlar uning odam oyog‘iga tegishli ekanligiga ishonishmagan. Biroq, qirg‘oq chizig‘ini sinchkovlik bilan tahlil qilganda, ular ikkita butun izlar zanjirini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Olimlarning fikricha, izlarni kamida besh kishi qoldirgan. Ular orasida bolalar, o‘smirlar va kattalar ham bor edi.

Plyajning gil konlari bilan qoplangan qoyali platformada joylashganligi sababli izlar yaxshi saqlanib qolgan. Loyda izlar qolgan, keyin to‘lqinlar ularni qum bilan qoplagan. Optik stimulyasiya qilingan luminesans usuli yordamida topilmaning yoshini aniqlash mumkin edi. Uning sharofati bilan artefaktlarning yoshini kvars minerallari yoshiga qarab, ular oxirgi marta quyosh nuriga tushganini hisobga olgan holda aniqlash mumkin, deb yozadi Scientific Reports jurnali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring