Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurafshonda «Jurnalistlar bog‘i» tashkil etilmoqda (foto)

Nurafshonda «Jurnalistlar bog‘i» tashkil etilmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 11 noyabr kuni Nurafshon shahrida «Yashil makon» loyihasi doirasida daraxt o‘tqazish tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan hasharga taraddud avjida. Bu yerda «Jurnalistlar bog‘i» ham tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha OAV vakillari daraxt ekish tadbirida jam bo‘lishgan. 

Tahririyatlar uchun alohida maydonlar tashkil etilib, ko‘chatlar ekilmoqda.

Hududdagi 7 gektar maydonda 4000 dona pavloniya daraxti ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring