Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokurorlarni bitta-bitta «ezg‘iladi»

Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokurorlarni bitta-bitta «ezg‘iladi»

Foto: Bosh prokuratura

Bir necha kun Sardobadagi falokat sabab Sirdaryoga «tanda qo‘ygan» Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev bugun tizim xodimlari bilan videoselektor o‘tkazdi. Unda karantin cheklovlarini yengillashtirish, aholini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tiklashga oid Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Xabar qilishinicha, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha joylardagi prokurorlarning axborotini eshitish bilan cheklanilgani yo‘q. Balki ular jiddiy ravishda tanqidiy tahilil qilinib, ancha-muncha prokurorlar «oborib-opkelindi».

Pandemiyaning ta’sirini yumshatishga qaratilgan ishlarda prokuratura organlarining ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ta’minoti ayni organ zimmasiga yuklatilgan. Shundan kelib chiqib, bosh qonun posboni prokurorlar mas’ul bo‘lgan sektorlarda kamxarj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq kundalik rejalar asosida, har bir oila kesimida amalga oshirishni talabini qo‘ydi.

Ma’lumotlarni maxsus daftarga qayd etish orqali birorta xonadon e’tibordan chetda qolmasligiga erishish lozimligi ta’kidlandi. Bunday mexanizm ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan moddiy va boshqa turdagi yordamning to‘liq, o‘z vaqtida manzilga yetib borishi, bu borada turli suiiste’molchilik, talon-toroj, soxtakorlik va ko‘zbo‘yamachiliklarning oldini olishga xizmat qilishi aytildi.

Shu kunga qadar prokurorlar sektorlaridagi 80 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga bevosita ularning xonadoniga kirib, moddiy, huquqiy va boshqa tarzdagi amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi. Bu yaxshi, albatta. Biroq bugungi vaziyat olib borilayotgan ishlar tuman va shaharlar kesimida ham tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab qilmoqda.

Demakki, prokurorlarga qo‘yilayotgan talablar ham shunga yarasha. Shundan kelib chiqib, qanchalar og‘ir bo‘lmasin, bugunning talablariga javob beraolmaydigan xodimlar tizimdan butunlay chetlatishgacha bo‘lgan ta’sir choralari qo‘llanishi haqida yana bir bor ogohlantirildi.

Videoselektor yig‘ilishda Bosh prokuror o‘rinbosarlari (tizim rahbari yonida) savlat to‘kib o‘tirgani yo‘q. Ularning barchasi joylarga chiqarilgan bo‘lib, hududlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar ustida turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring