Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navro‘zni o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori e’lon qilindi

Navro‘zni o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

«2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.

Bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqiladi.

O‘tkaziladigan bayram tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar Toshkent shahrida – respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

Avvalroq Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 5 kungacha dam olish berilishi xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring