Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatida jinoyatchilik 27 foizga kamaygan. Biroq...

Navoiy viloyatida jinoyatchilik 27 foizga kamaygan. Biroq...

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan Navoiy viloyatida jinoyatchilik 27 foizga kamaygan. Biroq ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning ba’zi turlari ortgani kuzatilyapti. Xususan, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish jinoyati 25 foizga, firibgarlik 11,1 foizga, pora berish 44,4 foizga ko‘paygani aytilmoqda. Eng achinarlisi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar 63,6 foizga ko‘paygan.

Misollar? Yo‘q, shartmas. Misol orqali bir-ikkita aybdor qilmishlarini chuchmal ohangda bayon qilishdan ko‘ra, jinoyatga sabab bo‘layotgan omillar haqida bosh qotirgan ming marta ma’qul va maqbul.

Tahlillar nimani ko‘rsatmoqda?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisi Abulqosim Ro‘ziqulovning ta’kidlashicha, illatlar ildizi oilaviy muammolar, ishsizlik, shuningdek joylarda profilaktik suhbatlar yetarli darajada emasligiga borib taqaladi. Bu esa bitta tashkilot zimmasidagi vazifa emas. Ko‘plashib riyozat chekilmasa, kutilgan natijaga erishish qiyin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring