Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi eski mashinalarini sotuvga qo‘ydi

Mudofaa vazirligi eski mashinalarini sotuvga qo‘ydi

Mudofaa vazirligi foydalanilmayotgan eski mashinalarini avval o‘z tizimidagi xodimlarga, keyinchalik ochiq auksionda sotishni boshlaydi.

«Mudofaa vazirligining o‘ziga tegishli umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalarini Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilariga yopiq auksionlar o‘tkazish orqali sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi», deyiladi «Norma» tarqatgan xabarda.

Yopiq auksionni Mudofaa vazirligi o‘tkazadi va eng maqbul takliflarni tanlab oladi. Uch oy ichida mashinalar yopiq auksionda sotilmasa yoki yopiq auksionda qatnashish bo‘yicha arizalar kelib tushmasa, ular E-ijro auksion orqali ommaviy savdoga chiqariladi.

Yopiq auksionni o‘tkazish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring