Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy kutubxonada Arqadag‘ asarlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Milliy kutubxonada Arqadag‘ asarlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Foto:«Xabar.uz»

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov asarlariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Alohida qayd etildiki, qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorliklar izchil rivojlanib bormoqda. Bu, albatta, ikki davlat rahbarining oqilona siyosatining ijobiy hosilasidir. Buning natijasida o‘zbek va turkman xalqari o‘rtasida barcha sohalar qatori manadiy-gumanitar yo‘nalishdagi aloqalar butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy tadbir ham ana shunday xayrli sa’y-harakatlarning yana bir ifodasidir.

Tadbirda Turkmaniston Prezidenti qalamiga mansub «Madaniyat - xalqning bebaho javohiri», «Turkman madaniyati», «Tinchlik musiqasi - do‘stlik va birodarlik musiqasi», «Baxshi - xalq baxtining darakchisi» kitoblari haqida so‘z bordi. Mazkur asarlar bir-birini mantiqan to‘ldirib boradi. Zero, ularning barchasida  ildizi necha-necha asrlarga borib taqaladigan turkman xalqining boy madaniyati, qadriyat va an’analari tarannum etilgan. Mazkur asarlar nafaqat soha mutaxassislari, balki  har bir san’at va madaniyat ixlosmandi  uchun qiziqdir. Ularni o‘qigan inson Turkmanistonni yanada yaqindan taniydi, yaxshiroq tushuna boshlaydi va mo‘’jizaviy bu o‘lkaga nisbatan ko‘nglida muhabbat paydo bo‘ladi.

Taniqli madaniyat va san’at namoyondalari, adiblar, olimlar va Turkmanistonning yurtimizdagi elchixona xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda o‘zbek va turkman milliy kuy-qo‘shiqlaridan namunalar ham ijro etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring