Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi

Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi

Foto: «Milliy gvardiya»

«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3210, 13.01.2020-y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar;
  • nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va bosqichlari, xususan nomzodni:
  • dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;
  • jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
  • psixologik o‘rganish;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bo‘yicha qoidalar.

Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:

  • 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
  • muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring