Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya qo‘mondoni Rosgvardiya generali bilan kelishuvga erishdi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Rosgvardiya generali bilan kelishuvga erishdi

Foto: Milliy gvardiya

Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R.Jo‘rayev va Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati direktori – Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni armiya generali V.Zolotov o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda idora boshliqlari jamoat xavfsizligi, qo‘riqlash faoliyati, harbiy kadrlar tayyorlash, kinologiya xizmati sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muqaddam Rosgvardiyadagi hamkasblar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi G‘alaba bog‘ida joylashgan Shon-sharaf muzeyi Milliy gvardiya burchagini Ikkinchi Jahon urushi davridagi tarixiy materiallar bilan to‘ldirish masalasida muzokaralar o‘tkazilgan edi.

Suhbat davomida, armiya generali V.Zolotov 22-iyun – Ikkinchi Jahon urushi boshlanganining sakson yilligi kuni munosabati bilan Rosgvardiya Markaziy muzeyi fondidan 1941-1945-yillarda O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari hududida shakllantirilgan Sobiq Ittifoq «NKVD» qo‘shinlari va bo‘linmalari faoliyatiga bag‘ishlangan fotosuratlar, videofilmlar, tarixiy ma’lumotlar va harbiy insholarni Shon-sharaf muzeyining Milliy gvardiya burchagi uchun taqdim etganligini ma’lum qildi.

Videokonferensaloqa yakunida yaqin kelajakda bir qator aksilterror mashg‘ulotlarini, tajriba almashinuv tashriflarini tashkil etish, shuningdek, hamkorlikdagi sport tadbirlarida harbiy xizmatchilarning ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi Milliy Gvardiya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring