Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB xodimiga pora taklif qilinsa, unga chora ko‘riladi

MIB xodimiga pora taklif qilinsa, unga chora ko‘riladi

Foto: «Xabar.uz»

Korrupsiya bu har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.

«Xabar.uz»ga xabar qilinishicha, bu illatga qarshi kurashish borasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, 2018-yil 18-iyun kuni «Sinabog‘» MFY, Sinabog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro R.A. nisbatan yashash uyi va o‘ziga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi uchun dalolatnoma rasmiylashtirilganligini, ushbu dalolatnoma bo‘yicha Shahrisabz shahar elektr ta’minoti korxonasi foydasiga jami 5 mln. 917 ming so‘mlik zarar va jarima hisoblanadi.

R.A ushbu zarar va jarimani yo‘qotish evaziga 1 mln. so‘mni B.Eshonqulovga pora tariqasida berishni niyat qiladi.

Buni o‘z vaqtida sezgan Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi sho‘’ba bosh muhandisi B.Eshonqulov, R.A.ning bu qilmishining oldini olish bo‘yicha bildirgi taqdim etadi.

Natijada, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A B.Eshonqulovning xizmat xonasida unga pora tariqasida 1 mln. so‘mni bergan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring