Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIVga «shapaloq»: vatanparvarlikni kim qanday his qiladi?

IIVga «shapaloq»: vatanparvarlikni kim qanday his qiladi?

Yodingizda bo‘lsa, Mustaqillikning 29 yilligi sabab mashinasini bayroq tusiga bo‘yagan buxorolik fuqaro avtomobili jarima maydonchasiga tushgan edi. 

«Markaziy studiya» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida xabar berilishicha, avtomobil egasi AQShda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz 1000 dollar mablag‘ yuborgan. 

O‘z navbatida qahramonimiz mazkur pullarni 10 ta muhtoj oilaga bo‘lib bergan (100 dollardan). 

Videoda u mashinasini bayroq tusiga bo‘yaganidan afsusda emasligini bayon qilgan. 

Shuningdek, mashina aslida bo‘yalganidan ham emas, texnik ko‘rik pasporti yo‘qligidan jarima maydoniga tushgani aytilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring