Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kovid markaz bosh shifokori javobgarlikka tortildi

Kovid markaz bosh shifokori javobgarlikka tortildi

Foto: «Sxabar.uz»

COVID-19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashga moslashtirilgan tibbiy markazlarning holati joriy yilning avgust oyida Sirdaryo viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyati hamda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining bosh shifokori guvohligida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar bermoqda.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga moslashtirilgan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tartiblari qo‘llanish sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarning faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik 0372-20 SanQvaM, O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2021-yil 30-martdagi COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari ichida infeksiyalarning oldini olish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ talablari to‘g‘risidagi 0010-21-sonli SanQvaMlar ijrosini yuzasidan o‘rganilib bir qancha xato va kamchiliklar aniqlandi.

COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi bo‘yicha 2021-yilning avgust oyida Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga taqdimnomalar kiritildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining bosh shifokoriga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi 2-qismiga muvofiq eng kam ish xaqqining 10 barovari miqdorida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring