Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kameralarga tushib qoladigan yorqin shu’lalar – farishtalarmi?

Kameralarga tushib qoladigan yorqin shu’lalar – farishtalarmi?

Aholi orasida osmonda noma’lum shu’lalar tasviri tushirilgan videolar tarqalib qoladi. Ko‘pchilik buni kuchli projektorlar ta’siridan deb biladi, ayrimlar esa osmonda farishtalar ko‘rindi deb ishonadi.

Jurnalist Aziza Qurbonova o‘zining «Qurbonova_live» podkastida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari, fizika- matematika fanlari nomzodi Yusufjon Tillayevdan bu holatga izoh so‘ragan.

Astronomning aytishicha, bu shu’lalar kosmik chiqindilar bo‘lishi mumkin.

— Odatda bizga o‘sha shu’laning o‘zini tasviri keladi. Uning atrofida daraxt yoki biror bino ko‘ringanida edi, biz o‘sha ob’yektga nisbatan uning mashstabini, katta-kichikligini, tezligini aniqlab olardik.

Shu’lalarning aksariyati — kosmik chiqindilar. Biz bu nom bilan o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh va raketalarning qoldiqlarini aytamiz. Ular qaytib tushadi. Hozir kosmik fazo judayam ifloslanib ketgan. 2 smdan kattaroq bo‘lgan jismlar 20 mingga yetyapti. Yaxshiyamki, o‘sha jismlar atmosferada yonib, yerga tushib turadi. Bo‘lmasa boshqa kosmik apparatlar, sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga xalaqit qilardi. Boyqo‘ng‘ir kosmodromi ham bizdan unchalik uzoq emas. Yaqinda 22 ta aloqa sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi.

Bundan tashqari, hozir galogramma nurlarini hosil qiluvchi maxsus optik qurilmalar yaratilgan. Ular turli rang va xususiyatli optik gallyusinatsiyalarni paydo qiladi.

Suhbat davomida insoniyatning kosmosni zabt etishida o‘zbeklarning qo‘shgan hissasi, AQSh va Sobiq Ittifoq o‘rtasidagi kosmos poygasi, sayyoralar suvereniteti kabi qiziq mavzularda fikr yuritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring