Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning 91 foizini erkaklar tashkil etmoqda

Jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning 91 foizini erkaklar tashkil etmoqda

Foto:«Sof.uz»

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida «Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining joriy holati va istiqboldagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda sohaga tegishli qator ma’lumotlar taqdim etildi. 

Jumladan, bugungi kunda 43 ta jazoni ijro etish muassasasi va 11 ta tergov hibsxonasi mavjud bulib, ularning 18 tasi yopiq turdagi koloniya va 25 tasi manzil-koloniya xisoblanadi.

Yopiq turdagi muassasalarida saklanayotgan shaxslarning yakin qarindoshlari bilan telefon so‘zlashuvlari, uchrashuvlari va jo‘natma kabul kilishlari soni kariyb ikki barobarga ko‘paytirildi.

Mahkumlarni tarbiyalashda ularning ota-onalari roli kuchaytirilib, voyaga yetmagan maxkumlarning ota-onalari bilan uchrashuvlariga nisbatan cheklovlar olib tashlandi. Mahkuma ayollarning bolalar uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarinnig alohida tartibi joriy etildi.

Jazoni ijro etish xodimlari shaxsiy videoregistrator bilan xizmat o‘tashlari joriy qilinadi. Hozirda sifatida 36 ta bodi-kamera olinib, sinov tariqasida xizmatchilar tomonidan foydalanilmoqda.

Tizimdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Birinchi marta jazo chorasi qo‘llanilgan mahbuslar to‘g‘ridan to‘g‘ri probatsiya nazorati ostiga o‘tadilar.  Hozirgi kunda 57 036 nafar shaxs probatsiya nazoratiga olingan bo‘lib, ularning eng ko‘p qismi ( 21 324 kishi) muddatidan ilgari ozod qilinganlar tashkil etadi.

Shu jumladan probatsiya nazoratiga olinganlar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qiladi ( 8097 nafar shaxs). Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo, Navoiy, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning 91 foiz qismini erkaklar tashkil etadi.

Jazoni ijro etish koloniyalarida mahbuslar doimiy ravishda kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, maxsus kurslar ochilib, kelajakda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga topshirishlari haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Shu jumladan jazoni ijro etish koloniyalarida saqlanayotgan mahbuslardan 25 nafari «V» toifadagi haydovchilik guvohnomalariga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring