Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya fuqarosining Farg‘onadan sotib olgan konditsioneri sifatsiz bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreya fuqarosining Farg‘onadan sotib olgan konditsioneri sifatsiz bo‘lib chiqdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya iste’molchilar agentligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida har ikki tashkilot Koreyada O‘zbekiston, O‘zbekistonda esa Koreyalik fuqarolarga iste’molchilik huquqlariga oid masalalarida amaliy ko‘mak berib kelmoqda.

Federatsiyaga koreyalik fuqaro janob K.Xan murojaat qilgan. U joriy yil 21-iyun kunida Farg‘ona shahridagi supermarketlarning biridan 2 dona «ARTEL» konditsionerini umumiy 5 mln 642 ming so‘mga sotib olgan. Lekin konditsionerni o‘rnatgach, ertasi kuni ulardan birida muammolar kuzatilgan. K.Xan sotib olingan mahsulot havoni yaxshi sovutmayotganligini yuzasidan servis markazi xodimlariga ma’lum qilganligi, markaz ustalari esa muammoni bartaraf eta olmagan.

Shundan so‘ng savdo do‘koniga borib nuqsonli konditsionerni sifatlisiga almashtirib berishlarini yoki pulini qaytarishlarini so‘ragan, lekin murojaati ijobiy hal bo‘lmaganligidan norozi bo‘lgan.

Federatsiya xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida, iste’molchining istagiga ko‘ra, nuqsonli tovar qaytarib olinib, xuddi shu markadagi sifatlisiga almashtirib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring