Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Yuksalish» umummilliy harakatining faxriy a’zosi bo‘ldi

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Yuksalish» umummilliy harakatining faxriy a’zosi bo‘ldi

Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati

Bugun, 2-iyul kuni «Yuksalish» umummilliy harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbarini keng jamoatchilikka tanishtirilishi munosabati bilan hokimlik binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etib, «Yuksalish» umummilliy harakatining Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagani bilan qutladi. Hokimlik tomonidan bo‘linma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish va buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Unda mahalliy deputatlar orasidan «Yuksalish» umummilliy harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbari etib saylangan Dilshod Shoumarov keng jamoatchilikka tanishtirildi.

Tadbir yakunida shahar hokimi «Yuksalish» umummilliy harakati faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, uning faxriy a’zosiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring