Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Hokim bo‘lganim uchun 20 yil boshqargan kompaniyamni birovga berishga majburmanmi?»

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Hokim bo‘lganim uchun 20 yil boshqargan kompaniyamni birovga berishga majburmanmi?»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 2019-yil 31-yanvar kuni «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazida Toshkent shahar hokimi tomonidan «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etilgandi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur tadbirda Akfa kompaniyasining aksiyalarining asosiy qismiga egalik qilishini aytgan, deya yozmoqda «Xalq so‘zi». Hokim «Tashkent city» qurilishida kompaniyaning ishtiroki bo‘yicha turli xorij saytlarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan berilgan savolga javobida bu haqida gapirgan.

«Ha, Akfa mening 20 yillik kompaniyam. Uni o‘zim tashkil qilganman. Tan olib aytishim kerak shahar hokimi bo‘lishim tushimga ham kirmagandi. Yarim soat oldingina shahar hokimi bo‘lishimni eshitganman.

O‘zim tashkil qilib, 20 yil boshqargan kompaniyani, 31 ming xodimni shunchaki tashlab ketish mumkinmi? Prezidentimiz meni hokim qilib tayinlaganlarida menga kompaniya boshqaruvini boshqalarga berish bo‘yicha topshiriq bergandilar. Aksiyalarni sotib yuborish haqida gap bo‘lmagan.

Agar men hokim bo‘lsam, aksiyalarni birovga yuborishga majburmanmi? Masalan agar menda Boeing aksiyalari bo‘lsada, men hokim bo‘lsam, uni sotishga majburligimni anglatadimi? Yoki Apple kompaniyada ulushim bo‘lsa, nega uni sotishim kerak?», degan Toshkent hokimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring