Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi

«INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

2018-yilning 22—26-oktyabr kunlari «O‘zekspomarkaz»da chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion fondlari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchi — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

«INNOWEEK» — mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, yangi sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

«INNOWEEK»dan ko‘zlangan maqsadlar:

- davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik sub’yektlari,  texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari va shu bilan birgalikda, real iqtisodiyot sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi  sarmoyador fondlari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlash;

- O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar transferi jarayonini, shuningdek, iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni real sektor korxonalarida ishlab chiqishni amalga oshirish natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni ta’minlash orqali ichki innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalashda va ishlab chiqishda va joriy etishda sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish;

- sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

- xalqaro investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

- ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va ixtirochilik g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari uchun doimiy faoliyat ko‘rsatadigan va to‘ldirilgan axborot bankini yaratish.

Innovatsion haftalik doirasida qator muhim tadbirlar o‘tkaziladi :

Xalqaro innovatsiyalar va investitsion forum

Ushbu tadbirdan maqsad investorlar va innovatsion ishlab chiquvchilar o‘rtasida asosiy va noyob tortishuv platformalaridan biri bo‘lishdir. Xalqaro innovatsiya va sarmoyalar forumi doirasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning ekspertlar jamoatchiligi, rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy innovatsion rivojlanish kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.

Xalqaro innovatsion ko‘rgazma

Ushbu yarmarkada mahalliy va xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlari faol ishtirok etadi, ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar;
  • moliya sohasida innovatsiyalar;
  • qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar;
  • iqtisodiyotning real sektoridagi innovatsiyalar;
  • davlat boshqaruvida innovatsiyalar.

Xalqaro innovatsion yarmarka O‘zbekistonning xalqaro investorlar bozoriga chiqishi uchun noyob imkoniyatdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring