Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma’lumot beruvchi «Telegram» kanali ishga tushdi

Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma’lumot beruvchi «Telegram» kanali ishga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistondagi huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma’lumot beruvchi @leginf  kanali ishga tushirildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Kanalning maqsadi huquqiy ma’rifatni tarqatish, chet elliklar, investorlarni O‘zbekiston huquqiy tizimi haqida xabardor qilish, respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida ob’yektiv, xolis axborot tarqatishdir.

Shu bilan birga kanalda u yoki bu masalada professional yuristlar, huquq-tartibot organlarining munosabati taqdim etiladi.

Kanaldagi aksariyat materiallar Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida berilgan ma’lumotlarning tarjimalaridan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, kelgusida unda ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun audio, video va boshqa materiallar berib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring