Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayot uchun xavfli: Samarqandda yashirin sex fosh etildi

Hayot uchun xavfli: Samarqandda yashirin sex fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

«M.A.» MChJ rahbari V.X. o‘ziga tegishli noturar joy binoda yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 7 740 kg. chigit, 3 dona juvoz uskunasi, 3 dona elektr dvigatel va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring