Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havosi eng yomon shahar chet elda. Toshkent havosi tozami?

Havosi eng yomon shahar chet elda. Toshkent havosi tozami?

Foto: Luis Soto/AP

«Gazeta.ru» yozishicha, dunyodagi havosi eng notoza shahar bu — Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo.

Sarayevo AQI xalqaro reytingida bu yilgi peshqadamga aylandi, deyiladi «REN TV» xabarida.

Ma’lum qilishlaricha, 2020-yilning yanvari ilk kunlarida inson salomatligi uchun eng xavfli havo sifati indeksi aynan Sarayevoda qayd etilgan — 236. Mahalliy hukumat hatto aholini ogohlantirib, zarur bo‘lmasa uylaridan chiqmaslikka, maxsus niqoblar taqishga chaqirgan.

Oldingi yilgi reytingda birinchi o‘rinni Bangladesh poytaxti Dakka egallagandi.

Onlaynda kuzatadigan bo‘lsak, Sarayevoda ayni paytda havoning ifloslanish indeksi 508 ballga ko‘tarilgan — o‘ta xavfli.

Toshkentda esa indeks 117 ga teng — nosog‘lom (salomatligi ta’sirchan kishilar uchun). Hozir poytaxtimiz havosi Dushanbe (168) va Bishkek (139)nikidan yaxshiroq, Ostona (50) va Ashxobod (53) havosi biznikidan musafforoq.

Boshqa shaharlarda:  Moskva (26, yaxshi), Istanbul (160, nosog‘lom), Berlin (21), Parij (62), London (9), Rim (164), Pekin (117 dan 316 gacha), Tokio (20), Seul (76), Vashington (3), Ottava (13).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring