Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harorat 10-12 darajagacha tushib ketadi: Gidrometeorologiya bayonot berdi

Harorat 10-12 darajagacha tushib ketadi: Gidrometeorologiya bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

9-11-oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Havo harorati 10-12° ga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

9-11-oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13° iliqni, 10-11-oktyabrda kechalari 2-5° iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10 oktyabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3° sovuqgacha bo‘ladi.

9-10-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

9-10-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring