Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaning yetakchi siyosatchilari musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

Germaniyaning yetakchi siyosatchilari musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer barcha musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Prezident Shtaynmayerning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan bayonotda: «Ramazon barcha uchun muborak bo‘lsin», deyiladi.

Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok X ijtimoiy tarmog‘idagi videomurojaatida shunday dedi: «Sizga va oilalaringizga tinch Ramazon oyini tilayman. Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin».

Vazir Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlariga to‘xtalar ekan, shunday dedi: «Bugungi kunda men, ayniqsa, urush bo‘layotgani uchun Ramazonni nishonlay olmayotgan, och qolgan, ota-onalari, farzandlari, aka-uka va opa-singillaridan ayrilganlar haqida o‘ylamoqdaman».

Germaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda yetkazilgan jarohatlar juda chuqur ekanini ta’kidladi.

Butun dunyodagi musulmonlar Ramazon oyida har oqshom dasturxon atrofida to‘planishlarini eslatib, Barbok qo‘shimcha qildi: «Hatto Germaniyada ham hozir bu vaqt har qachongidan ham qadrli. Umid qilamanki, bu tafakkur oyida butun dunyo odamlari yana bir joyga to‘planib, bir-birlari bilan samimiy suhbatlashishga, bir-birlarini tinglashga va tushunishga harakat qilishadi».

Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer o‘z bayonotida musulmonlarga Ramazon oyi barakotli bo‘lishini tiladi.

Ramazon oyida Germaniyadagi ko‘plab musulmon jamiyatlari boshqa din vakillari bilan birga dinsizlarga ham eshiklarini ochganini va ularni birgalikda iftorlikka taklif qilishini ta’kidlagan Fezer, shunday dedi: «Bunday uchrashuvlar muloqot o‘rnatishga va bir-birimizdan bilim olishimizga imkon beradi. Bu bizning ijtimoiy hamjihatligimizni mustahkamlaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring