Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga tibbiy ko‘mak beradi (video)

Germaniya koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga tibbiy ko‘mak beradi (video)

Foto:«Xabar.uz»

Germaniya koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga tibbiy ko‘mak beradi. Bu haqda GFRning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

«Germaniya O‘zbekiston bilan mamlakat mustaqillikka erishgandan buyon yaqin hamkorlik aloqalarini va do‘stona munosabatlarini mustahkamlab kelmoqda. Koronavirusga qarshi kurashda ham O‘zbekiston bilan birgamiz va bu sinovni muvaffaqiyat bilan yengib o‘tamiz. Hamkorlikning yaqqol misoli sifatida o‘tgan haftada O‘zbekistonning Germaniya fuqarolarini o‘z yurtiga qaytarishdagi katta yordamini keltirishim mumkin. Germaniya hozirda O‘zbekiston uchun zarur tibbiy ko‘mak berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Biz birgamiz, biz yengamiz!» – deydi elchi Gyunter Overfeld.

Ayni paytda butun sayyoramizda koronavirusga qarshi jiddiy kurash ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yil 11-mart kuni COVID-19 infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.

Germaniyada ham 62 mingdan ziyod kishi ushbu infeksiyaga chalingan, 541 kishi undan vafot etgan. Mamlakat kansleri Angela Merkel infeksiya tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha federal miqyosdagi chora-tadbirlar rejasini e’lon qildi.

Germaniya hukumati yetakchisi hozircha koronavirusga qarshi dori va vaksina yo‘qligini ta’kidlab, aholini gigiyena qoidalariga rioya etish hamda o‘zaro muloqotda masofa saqlashga da’vat etgan, sog‘liqni saqlash tizimi vakillarini esa shay holatda bo‘lishga undagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring