Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer uchastkasini olib qo‘yishdagi muhokamada OAV ham qatnashadi

Yer uchastkasini olib qo‘yishdagi muhokamada OAV ham qatnashadi

Foto:«Xabar.uz»

Endi yer uchastkasini olib qo‘yishda OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-Ombudsman bosh inspektori Sherzod Saidov ma’lum qildi.

Amaldagi tartib bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori  bilan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

- yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi;

- hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi;

- Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas;

- olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasidagi ko‘chmas mulklar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi;

- hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi;

- hokimlik yoki investor tomonidan mulkdorlarga kompensatsiya berish ishlari amalga oshiriladi;

- kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mulkdorlarga kelishilgan kompensatsiya berilganidan so‘ng:

- mulkdor tomonidan ko‘chmas mulk bo‘shatib beriladi;

- hokimliklar tomonidan ko‘chmas mulkni buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi adliya organlariga xulosa olish uchun yuboriladi;

- adliya organlari kompensatsiya berilgani, uy-joylar amalda to‘liq bo‘shatilgani va boshqa holatlarni o‘rganadi, so‘ng o‘z xulosasini hokimliklarga taqdim etadi;

- adliya organlarining xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirdagina ko‘chmas mulkni buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring