Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi daraxt kesgan yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi

Endi daraxt kesgan yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi

Endi daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, ularga shikast yetkazishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bu Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan.

Qonunga ko‘ra, shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma’muriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslarning aynan daraxt va butalar kesilgan joyda kompensatsiyaviy daraxtlar ekishi majburiyati belgilandi. Qolaversa, ekilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarish qilishadi.

Bundan tashqari, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Qonun 2024 yil 1 martdan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring