Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX mas’ul xodimi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

DXX mas’ul xodimi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Abdullayev Alijon Sidiqovich Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi. 

A.Abdullayev 1953-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977-yilda sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan.

A.Abdullayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring