Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX giyohvandlikka qarshi reyd tadbirlarini o‘tkazdi

DXX giyohvandlikka qarshi reyd tadbirlarini o‘tkazdi

Illyustrativ foto.

DXX ChQ harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahri Sayxun MFY hududidan o‘tuvchi «o‘zbek-tojik» davlat chegarasidan mamlakatimizga olib kirish uchun Tojikiston tomonidan uloqtirilgan 892,5g «gashish» giyohvandlik moddasi topildi. Hozirda, mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, DXX Xorazm viloyati boshqarmasi viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani «Sarimoy» YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «Samarqand-Urganch» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1978-y.t. S.S. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning tepa oyna qismida 3 dona sellofan paketlarda alohida skotch bilan o‘ralgan jami 336 g «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

S.S. ushbu og‘uni Samarqand viloyatida «Alisher» ismli shaxsdan kelgusida sotish maqsadida 2.300 AQSh dollari hamda 35.500.000 so‘mga sotib olganligi ma’lum bo‘ldi.

«Toshkent-Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasi ham «Sarimoy» YPX maskanida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1972-y.t. R.Yo. yonidan 185,49 g «opiy» giyohvandlik vositasi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha R.Yo. tanishi «Qudrat» ismli shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, «Madiyor» ismli shaxsdan taxminan 600 g «opiy» giyohvandlik vositasini 6.800 AQSh dollariga sotib olgan. Undan taxminan 400 g Qudratda qoldirib, qolgan qismini sotish maqsadida Xorazmga olib ketayotgan bo‘lgan.

«Sarimoy» YPX maskanida aniqlangan yana bir holat. «Toshkent-Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, 1973-y.t. Yu.X. boshqaruvidagi «Nyundai» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidagi noutbuk joylangan sumka ichidan 133,35 g «opiy» giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Yu.X. Toshkent shaxridagi «Farxod» dexqon bozori hududida tanishi «Abduvali» ismli shaxsdan 150 g «opiy» giyohvandlik vositasini jami 19.500.000 so‘m evaziga sotib olganligini hamda oz miqdorini o‘zi iste’mol qilib, qolgan qismini Xorazm viloyatida sotish maqsadida olib ketayotganligini ma’lum qildi.

Yana bir holat: DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshkarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida 1980-y. Andijon viloyatida tug‘ilgan, A.F. Toshkent shahridan Buxoro shahrida joylashgan temirchilik sexlaridan biriga kelgan vaqtida, unga tegishli bo‘lgan charm sumka ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 173,15 g «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari olingan tezkor ma’lumotlar asosida, F.A. Toshkent shahrida vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan kurtka cho‘ntagida ham 220 g «gashish» giyohvandlik moddasi topildi. 

Keyingi holat poytaxtimizda qayd etildi. DXX va shahar Bojxona boshkarmasi xodimlari tomonodan 1980-y.t. R.S. Chilonzor tumanida 1974-y.t. I.Sh.ga 100 g «gashish» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Shuningdek, ularda mavjud bulgan 1.550 AKSh dollari va 2 mln. so‘m ham ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yildi.

S.R. Chilonzor tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1976 y.t. I.O. hamda 1987-y.t. R.A. tegishli bo‘lgan 195 g «gashish» moddasi topildi.

Xozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan JK tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring