Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Umra ziyorati uchun yig‘ilgan pullarni qimorga tikib yubordi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Umra ziyorati uchun yig‘ilgan pullarni qimorga tikib yubordi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi Umra ziyoratiga yuborish maqsadida fuqarolardan olgan 1 millard 650 million so‘m pulini onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Markaziy studiya» dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, 2019 yildan boshlab Umra ziyoratlari uchun amalga oshirilgan to‘lov pullari Musulmonlar idorasining hisob raqamiga emas, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi shaxsiy hisobiga tushirilgan.

Qariyb 70 nafar fuqaro tuman hokimligi binosida bu tarzda aldanib qolishlari mumkinligini xayollariga keltirishmagan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan uzoq davom etgan tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan. Biroq sud zalida ayblanuvchining pullarni qoplab berish va’dasiga ishonib, o‘z arizasini qaytarib olgan jabrlanuvchilar yana chuv tushgan. Ularga yetkazilgan moddiy zarar sud qarorida inobatga olinmagan.

Firibgarlikni sodir etgan shaxs ikki yil mansabdorlik va javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash vakolatidan mahrum bo‘lgan hamda 5 yilga qamalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring