Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat Alisher Qodirov: «Qamoqxonalar mahbuslar soni ko‘p bo‘lishidan manfaatdor»

Deputat Alisher Qodirov: «Qamoqxonalar mahbuslar soni ko‘p bo‘lishidan manfaatdor»

Foto: facebook.com/alisher.kadirov.56

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov Farg‘ona viloyatidagi tergov izolyatorida bo‘lib, o‘rganilgan tahlillardan xulosalarini «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi:

Farg‘ona viloyatidagi tergov izolyatorida tahlillardan xulosalarim:

  • bugungi kunda qamoqxonalar mahbuslar soni ko‘p bo‘lishidan manfaatdor. Chunki muassasaning moddiy ta’minoti va unda ishlovchilarga to‘lanadigan haq miqdori mahbuslarning soniga bog‘langan;
  • ichki ishlar tizimida qamoqxona yoki tergov izolyatorlarida xizmat qiluvchi xodimlarga «o‘gay farzand» prinsipi shakllanib qolgan. Ularning maishiy ta’minoti, rag‘batlantirilishi va xizmatda yuqorilashi juda qiyin amalga oshadi. Bu munosabat beixtiyor xodimlarning mahbuslarga bo‘lgan «do‘stona aloqalar»iga aylanadi.

Xulosa:

  • Qamoqxonalar odamlarni qayta tarbiyalash emas, yanada radikallashtirish, jamiyatga nisbatan nafratini yanada kuchaytirish maskanlari bo‘lib qolmoqda.

Taklif:

  • qamoqxona va tergov izolyatorlarida xizmat ko‘rsatadigan ichki ishlar xodimlariga munosabatni o‘zgartirish;
  • muassasalarning ta’minotini mahbuslarning sonidan kelib chiqish amaliyotidan voz kechish, aksincha, u yerdan chiqqan mahbuslarning hayotda o‘rnini topib ketish darajasidan kelib chiqish lozim.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring