Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tmoqda

Chirchiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tmoqda

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi kutilmoqda — shu sababli egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi va unga viloyat hokimligining faxriy yorlig‘ini topshirdi.

Ayni damda Hidoyatovning yangi ish joyi ochiqlanmagan. 

Ta’kidlash kerakki, 2021-yil noyabrida Zoyir Mirzayev aynan Hidoyatovning o‘rniga Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan, Hidoyatov esa Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring