Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiq shahri va Toshkent tumanida DXMlarning yangi binosi foydalanishga topshirildi (foto)

Chirchiq shahri va Toshkent tumanida DXMlarning yangi binosi foydalanishga topshirildi (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Davlat xizmatlari Agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi viloyatning Chirchiq shahri va Toshkent tumanida markaz faoliyatini kengaytirishga erishdi. Foydalanishga topshirilgan har ikkala bino ham viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.  Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayni kunda Chirchiq shahrida 170 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 2018-yil davomida shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 51 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilning 1-choragida 42 mingdan oshdi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Bugungi kunda markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ortiq davlat xizmatlari mazkur binoning o‘zida va turli idoralarga bormagan holda o‘z yechimini topishi bilan birga, notarius, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar berish kabi xizmatlar ushbu maskanning o‘zida mujassam holda aholiga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

2018-yilning 1-iyunidan Chirchiq shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan viloyatda tajriba tariqasida 100 dan ortiq  turdagi talab yuqori bo‘lgan qo‘shimcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Shu jumladan, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi shaklga almashtirish xizmati ham viloyat miqyosida mazkur markazda joriy etilib, bugungi kunga qadar 9 mingdan ortiq fuqarolarga bu borada xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, 190 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Toshkent tumanida Davlat xizmatlari markazi tomonidan, 2018-yilda aholiga 28 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 2019-yilning o‘tgan olti oyida esa bu ko‘rsatkich 32 mingdan oshib ketdi. 

Foto: Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Markaz direktori Farrux Husanboyevning aytishicha, tashkilot bir vaqtning o‘zida 23 ta qabul oynasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsata oladi. Zamonaviy jihozlangan zaldagi 3 ta monitorda 100 dan ortiq davlat xizmat turlari yuzasidan tegishli ma’lumotlar markazga keluvchi fuqarolarga taqdim etiladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring