Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishi mumkin

Davlat kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng davtlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi hamda hunarmandlarning «Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga quyidagi maqsadlarda mablag‘lar ajratilmoqda:

  • Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholini tomorqa yer uchastkalari samardorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zoligiga badal to‘lash, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga bino va inshootlar ijarasi va a’zolik badallarini to‘lash uchun ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishni moliyalashtirish maqsadida qo‘shimcha 80 milliard so‘m;
  • Mahalla guzarlarida tashkil etiladigan kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlik, elektrik, santexnik yo‘nalishlari bo‘yicha uskuna va jihozlar bilan ta’minlash uchun 50 milliard so‘m.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 23-sanasiga qadar ochiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring