Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daryoda dam olayotgan fuqaro noxush holatga tushib qoldi

Daryoda dam olayotgan fuqaro noxush holatga tushib qoldi

Kecha, 20 may kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Sirdaryo daryosidagi orolchada mashinasi bilan qolib ketgan fuqarodan xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, bir fuqaro o‘z avtomobilida hordiq chiqarish maqsadida daryoga borib, suv sathi past bo‘lgani sababli, mashinasini daryoning orolchasiga olib borgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, daryoning sathi to‘satdan ko‘tarilib ketganligi bois, u yerdan chiqa olmay qolgan.

Voqea joyiga jalb qilingan Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomashinani xavfsiz joyga olib chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring