Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chorsu»dagi nosozlik sabab ikki tumanda issiqlik ta’minoti to‘xtaydi

«Chorsu»dagi nosozlik sabab ikki tumanda issiqlik ta’minoti to‘xtaydi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning 28-dekabr kuni «Chorsu» bozori, «Bolalar dunyosi» savdo majmuasi old tomonidagi issiqlik quvurida nosozlik yuzaga keldi.

Shu sababli Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumanida:
— turar joylar – 240 ta
— ijtimoiy ob’yektlar – 25 ta
— boshqa ob’yektlar — 50 ta

Olmazor tumanida:
— turar joylar – 118 ta
— ijtimoiy ob’yektlar – 10 ta
— ma’muriy ob’yektlar – 29 ta

«Veolia Energy Tashkent» noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring