Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi

Chirchiqda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Chirchiq dala-o‘quv maydonida mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi. Dastlab yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman vertoletlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo‘linmalar tomonidan qo‘rshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qilindi.

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari yengil zirhli texnikalarda ham yetib kelib, qisqa muddat ichida «dushman»ni yer tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring