Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzor tumanida aholi muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Chilonzor tumanida aholi muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Foto: Toshkent shahar DSB matbuot xizmati

Toshkent shahri, Chilonzor tumani aholisining mavjud muammolari hamda bugungi kunda hal bo‘lmayotgan dolzarb masalalari yechimini topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar DSB matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunov boshchiligida tumandagi 4-sektor mas’ullari aholidan kelib tushgan uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy masalalarga oid murojaatlarni atroflicha ko‘rib chiqdi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan.

Jumladan, Chilonzor tumani «Botirma»  MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro, I guruh nogironi Tohir Nabijonov bir yil avval turmush o‘rtog‘iga nogironlik aravachasi so‘rab, mahallaga murojaat qilgan. Aravachadan haligacha darak yo‘q. Sayyor qabuldan so‘ng T.Nabijonovga ikki kun muddatda nogironlik aravachasi yetkazib beriladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda Chilonzor tumani 16-mavzeda yashovchi fuqaro Gulchehra Abduvohidova hozir onkologik kasalligi, kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi ko‘pligi sababli, moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

Sayyor qabulda shu kabi ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring