Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet ellikka turmushga chiqib, xo‘rlikka uchragan qiz O‘zbekistonga qaytdi (video)

Chet ellikka turmushga chiqib, xo‘rlikka uchragan qiz O‘zbekistonga qaytdi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyga turmush chiqqan o‘zbek qizining yurtdoshlarga murojaati tarqaldi.

Unda qiz bir necha kunlardan beri bir hammomga qamab qo‘yilgani, xo‘rliklar ichida yashayotganini ma’lum qilgan.

«Zamon» ko‘rsatuvida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda ushbu qizni yurtimizga qaytarishga erishgan. 

Saida (jabrlanuvchi)ning aytishicha, u xorijlik turmush o‘rtog‘i bilan dastlab yaxshi yashagan, keyinchalik uning yana bir xotini borligini bilib qolgan. Shundan so‘ng o‘rtada kelishmovchiliklar yuzaga kelgan, natijada kuyov unga zug‘um o‘tkazishni boshlagan.

Qizning aytishicha, u uyidagilarni og‘ir moddiy ahvoldan qutqarish uchun ham xorijlik yigitga turmushga chiqishga majbur bo‘lgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring