Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilinishi mumkin

Bugun referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilinishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 9 mart soat 15:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tadigan Yalpi majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Spiker o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Yalpi majlis «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» teleradiokanallari, «UzReport» telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTubedagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring