Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir hasharda ishtirok etdi

Bosh vazir hasharda ishtirok etdi

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun xayriya hasharida qatnashdi. 

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 16-18-mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida an’anaviy tarzda xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tayotgan ushbu tadbirda Vazirlar Mahkamasining xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Ular tomonidan bugun, 17-mart kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 3 gektardan ziyodroq maydonga qariyb ikki mingga yaqin eman, qayrag‘och, terak, o‘rik, bodom singari mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring