Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir va Toshkent hokimi maxsus vertolyotda poytaxt uzra parvoz qildi

Bosh vazir va Toshkent hokimi maxsus vertolyotda poytaxt uzra parvoz qildi

Foto: «TashkentSkyNews»

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 10-mart kuni vertolyotda poytaxt osmonida parvoz qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Mudofaa vazirligidan qayd etilishicha, ular Airbus Helicopters H215 rusumli vertolyotda uchishgan. Mazkur vertolyot Toshkentning 3D formatdagi bosh rejasini ishlab chiqish uchun aerofotouskuna bilan jihozlangan, deya aniqlik kiritgan hokimiyat vakili.

Avvalroq shahar ma’muriyati aprel oxirigacha Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu ish bilan Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring