Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura «Antistrumin ishi» bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura «Antistrumin ishi» bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Antistrumin» dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat-protsessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan bo‘lsada, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayollar qamoqqa olinganligi haqidagi ma’lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda. 

Tarqatilayotgan ushbu ma’lumotlar tergovning ob’yektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga  qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi», deyiladi rasmiy bayonotda.

Kuni kecha Oliy sud matbuot xizmati Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 va 16 noyabr kunlaridagi ajrimlari bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomalariga ko‘ra, 3 nafar gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirilganini xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 22 sentyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida o‘nlab bolalarning bepul tarqatilgan yod preparati iste’moli sabab zaharlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring