Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Biznes»i bor yirik mansabdorlarga chora ko‘rildi

«Biznes»i bor yirik mansabdorlarga chora ko‘rildi

Bir qator mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi ma’lumot berdi. 

Agentlik tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» DUK bosh direktori Sh.A., Mirobod tuman hokimi A.S., «Milliy antidoping agentligi» rahbari A.S., «Axborotlashtirish Bosh Markazi» UK rahbari D.S., Bo‘ston tumani hokimi S.N., «Milliy PR-Markazi» DUK direktori D.S., Energetika vaziri o‘rinbosari U.M. hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.ning tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyatlari tugatilishi ta’minlandi.

Avvalroq agentlik ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan qator davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlariga nisbatan choralar ko‘rganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring