Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi o‘rinbosarlarga yangi vazifa yuklatilmoqda

Birinchi o‘rinbosarlarga yangi vazifa yuklatilmoqda

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta’minlash hamda Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish vazifasi amaldagi shtat birliklari doirasida, qoida tariqasida, rahbarning birinchi o‘rinbosariga yuklatiladi.

Belgilanishicha, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’ul o‘rinbosarlari Oliy Majlis palatalari bilan bir qatorda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorlik uchun ham mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, hujjatda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta’minlash sohasida Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlik darajasi ular faoliyatini baholash mezonlaridan biri hisoblanishi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring